21 Dekabr 2024 yil 485

Diqqat, e’lon‼!

"Yangi yil" bayramini tinch va osoyishta o‘tkazish, yo‘l transport hodisalarining oldini olish va bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilarning yo‘llarda xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Termiz shahar hokimining farmoyishi bilan, joriy ilning 20-dekabr kunidan 2025 yilning 10-yanvar kuniga qadar shaharning "Hakim At-Termiziy" va "Alisher Navoiy" ko‘chalari (xaritada ko‘rsatilgan qismlari)da transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

 

Ushbu munosabat bilan shahrimiz fuqarolari va mehmonlaridan harakat xavfsizligini ta’minlash uchun olib borilayotgan chora-tadbirlarni to‘g‘ri tushunib, tartibga soluvchilar va huquqni muhofaza qiluvchi xodimlarning ko‘rsatmalariga amal qilishlari so‘raladi.

 

Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

Text to speech