12 Yanvar 2024 yil
1087
Dehqon va oziq-ovqat bozorlarida nazorat tadbiri o‘tkazilmoqda
Surxondaryo
viloyati IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda viloyat
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz,
Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Sho‘rchi tumanlari markaziy dehqon, oziq-ovqat bozorlarida
go‘sht va go‘sht mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi,
tuxum va sut mahsulotlari bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida eng avvalo, mahsulotlarning sifati, yaroqliligiga e’tibor qaratildi.
Sotuvchilarga xaridorlarga sifatli mahsulotlarni yetkazib berishda amal qilishi
zarur bo‘lgan tartib-qoidalar tushuntirildi va bu bo‘yicha joriy yil uchun veterenariya
va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi bilan shartnomalar tuzilishiga erishildi.