28 May 2021 yil 619

Denovlik yoshlarning murojaati tinglandi

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida "yoshlar O'zbekistonning ishonchi, tayanchi va qudratli kuchi" mavzusida yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Sh.Sabirov, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati o'rinbosari G'.Yoziev, viloyat IIB boshlig'i A.Ismoilov, Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov va Denov tuman hokimi R.Pardaevlar ishtirok etdi. Denov tumanidagi tadbirkorlik va pedagogika institutida bo'lib o'tgan tadbirga 97 nafar ichki ishlar organlari profilaktika hisobida turgan va 122 nafar uyushmagan yoshlar, jami 219 nafar yoshlar jalb etildi.
Uchrashuvda yoshlarning turli masalalardagi murojaatlari tinglandi. Misol uchun, 10 ta murojaat kredit, 6 tasi Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlariga ishga kirish, 3 ta muddatli harbiy xizmatga ketish, yana uy-joy masalasida 4 ta, 2 ta tibbiyot sohasiga ishga kirish masalasida murojaat kelib tushdi. Shuningdek, ishtirokchilar tumandagi tadbirkorlik va pedogogika oliy ta'lim muassasida boks bo'yicha sport to'garagi hamda harbiy kafedra tashkil etish bo'yicha ham takliflar bildirildi.
Ular orasida 2 nafar yosh murojaatlarini e'tiborsiz qoldirmagan ichki ishlar organlari xodimlariga tashakkurnoma ham bildirishdi. Muammolar shu joyning o'zida tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga yo'nlatirilib, muddatlar belgilandi.
Albatta, bunday uchrashuvlar yoshlarning bandligini ta'minlash, ushbu orqali yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi.


Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech