28 May 2021 yil 597

Denovlik yoshlar uchun yugurish marafoni o'tkazildi

Denov tumanida tashkil etilgan yoshlar forumida O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida yugurish marafoni ham o'tkazildi.
Ushbu marafonda 304 nafar uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi. Yugurish manzili "Denov baraka yashil olami" bozoridan Denov tadbirkorlik va pedogogika oliy ta'lim muassasi filiali oralig'ida o'tkazildi.
Musobaqadan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga muhabbat, sadoqat his-tuyg'usini uyg'otish, irodasini mustahkamlashdan iborat.
Marafon g'oliblari Denov tumanidagi "Ekobog'"da viloyat hokimi T.Bobolov va IIVning birinchi o'rinbosari Sh.Sobirov tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech