16 Sentyabr 2021 yil
399
Denovlik qidiruvdagi shaxs "tozalash" tadbirida qo'lga olindi
Muzrabot tumanida 2021 yil may oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Denov tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Denov tumani "Yurchi" mahallasida yashovchi, M.Jamshid 10 sentyabr kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Muzrabot tumani hududida o'tkazilgan tozalash tadbiri davomida aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati