31 Iyul 2023 yil
361
Denovlik qidiruvdagi shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi
Denov tumanida 2023 yil aprel oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida, ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “Buyuk kelajak” mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan S.Shuhrat (ism shariflar o‘zgartirilgan) 23 iyul kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lgan 3-son IIB mas’ul xodimlari tomonidan Toshkent shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati