11 Iyul 2022 yil 405

Denovlik qidiruvdagi firibgar Toshkent shahrida qo‘lga olindi

Denov tumanida 2020 yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “Sanoatchilik” mahallasida yashovchi, D.Doston (ism sharif o‘zgartirilgan) 02 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Q.Batirovning ma’lumotiga asosan Toshkent shahrida yurganligi aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv hamkorlik boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech