16 Iyun 2021 yil
699
Denovda yana nasha o'simligi parvarishi aniqlandi
Denov tumanida 2021 yil 11 may kuni soat 14.00 larda viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan "qoradori-2021" keng qamrovli tadbirda, tumanning "Fayzobod" mahallasida yashovchi, X.Orifning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganda, yashash uyidan 4 tup, nasha giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 19 may kuni X.Orifga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati