16 Avgust 2022 yil 398

Denovda, viloyat sektor rahbarlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari o‘rganilmoqda

Ayni vaqtda Denov tumani "Bog‘inav" mahallasi hududidagi Eko bog‘ida viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshchiligida sektorlar, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar, Xalq qabulxonasi rahbarlarining aholi muammolarini o‘rganish maqsadida ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirga qadar qabulda ishtirok etish uchun ro‘yxatga olingan fuqarolar soni 132 nafarni tashkil etib, 26 nafarining murojaati tinglandi.

Ushbu Sayyor qabulda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari Abduvohid Ismoilov ham fuqarolarning ichki ishlar sohasiga oid murojaatlarini o‘rganmoqda.

Text to speech