19 Avgust 2022 yil 463

Denovda va’dabozga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Denov tumanida 2022 yil 8 avgust kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, Oltinsoy tumanida yashovchi, S.Sarvar (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2021 yil may oyida, tumanning “Jamatak” mahallasi hududida, tanishi, shu mahallada yashovchi, Sh.Mustafoning ishonchiga kirib, viloyat hokimiyatida ishlovchi tog‘asi orqali tumanning “Yangi dehqon bozori” hududidan savdo do‘koni qurish uchun 10 sotix yer maydoni ajratib berishni va TTZ-80 traktorini olib berishni va’da qilib, 7300 (yetti ming uch yuz) AQSh dollarini olib, ushbu pullarni o‘zlashtirib ketganligini ma’lum qiladi. Bundan tashqari, S.Sarvar Denov tumanida yashovchi, N.Doniyorning ishonchiga kirib, Oltinsoy yoki Denov tumani tez tibbiy yordam bo‘limiga haydovchilikka ishga kiritishni va’da qilib, 2021 yil may oyida, tuman hududida 1400 (bir ming to‘rt yuz) AQSh dollari olib, o‘zlashtirib ketganligi aniqlangan. 8 avgust kuni S.Sarvarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech