14 Aprel 2022 yil
397
Denovda o‘z opasining tillo taqinchoqlarini o‘g‘irlagan ukaning qilmishi fosh etildi
2022 yil 29 mart kuni Denov tumanida yashovchi, R.Ruxsora (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBning “102” xizmatiga murojaat qilib, o‘zi bilan uyda yashovchi ukasi, R.Ro‘zimurod yashash uyidan 1 dona 12.000.000 (o‘n ikki million) so‘mlik tillo zanjiri va 1 dona 1.200.000 (bir million ikki yuz ming) so‘mlik tillo uzugini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, ushbu o‘g‘irlik R.Ro‘zimurod sodir etganligi aniqlanib, ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 1 aprel kuni R.Ro‘zimurodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati