22 Dekabr 2022 yil 387

Denovda o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkotik savdosining oldi olindi

Denov tumanida 2022 yil 6 dekabr kuni soat 18.30 da, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning “Totuvlik” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, shu tumanda yashovchilar, I.Ilyos (ism shariflar o‘zgartirilgan), A.Sunnatullo va J.Xolbeklar Neksiya-2 rusumli avtomashinada mijozga “marixuna”, “gashish”, “opiy” giyohvandlik moddasini 40.000.000 (qirq million) so‘m va 4.500 (to‘rt ming besh yuz) AQSh dollariga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilar tomonidan ushlangan, I.Ilyos, A.Sunnatullo va J.Xolbeklardan olingan moddalar sof og‘irligi 505.22 gramm marixuana, sof og‘irligi 4.25 gramm “marixuana”, sof og‘irligi 612.64 gramm bo‘lgan “opiy”, sof og‘irligi 0.89 gramm bo‘lgan “opiy”, sof og‘irligi 0.25 gramm bo‘lgan “opiy”, sof og‘irligi 1.95 gramm bo‘lgan “gashish”, sof og‘irligi 505.22 gramm bo‘lgan “marixuana”, giyohvandlik moddalari ekanligi ma’lum bo‘lgan. 7 dekabr kuni I.Ilyos, A.Sunnatullo va J.Xolbeklarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech