30 Dekabr 2022 yil 351

Denovda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro yonida “opiy” giyohvand moddasi borligi aniqlandi

Denov tumanida 2022 yil 9 dekabr kunidan 10 dekabr kuniga o‘tar kechasi, tuman IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning “Buyuk kelajak” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, shu tumanda yashovchi, J.Sarvarning (ism shariflar o‘zgartirilgan) yonidan sof vazni 0.48 gr “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 17 dekabr kuni J.Sarvarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech