4 Yanvar 2022 yil 484

Denovda, tillo taqinchoqlarni sotib, pulini olib kelib berishni va'da qilgan firibgar ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Denov tumanida 2021 yil 18 dekabr kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, tumanning "Yangi hayot"mahallasida yashovchi, B.Barno (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil fevral oyida, tumanning "Jamatak" mahallasida yashovchi, B.Imona ishonchiga kirib tillo taqinchoqlarini sotib pullarni olib kelib berishni va'da qilib, undan 65 gramm tillo taqinchoqlarini jami 35.750.000 (o'ttiz besh million yetti yuz ellik ming) so'm pulga hisoblab olib, tillo taqinchoqlarini va pullarni qaytarmasdan, ushbu pullarni o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan. 18 dekabr kuni B.Imonaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech