2 Noyabr 2021 yil
421
Denovda tilla taqinchoqlarni o'g'irlagan shaxs aniqlandi
Denov tumanida 2021 yil 16 oktabr kuni, tumanning "Totuvlik" mahallasida yashovchi, D.Asaloy (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 9 sentabr kuni noma'lum shaxs yashash uyidan 3 turdagi umumiy qiymati 6.732.000 (olti million yetti yuz o'ttiz ikki ming) so'mlik tilla taqinchoqlarini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni mahalladoshi, Ch.Ozoda sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 16 oktabr kuni Ch.Ozodaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati