21 Avgust 2021 yil
438
Denovda taqiqlangan ekin etishtirgan shaxs aniqlandi
Denov tumanida 2021 yil 4 avgust kuni soat 15.05 larda, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida, tumanning "Ko'kabuloq" mahallasida yashovchi, B.Boymuodning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganda, tomorqasidan 1 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 8 avgust kuni B.Boymurodga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati