17 Yanvar 2022 yil 518

Denovda, qo'y o'g'rilari aniqlandi

Denov tumanida 2022 yil 8 yanvar kuni tumanning "Qorabog'tepa" mahallasida yashovchi, X.Xolmurod (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 7 yanvar kunidan 8 yanvar kuniga o'tar kechasi, hovlisida joylashgan molxonasidan jami 12.000.000 (o'n ikki million) so'mlik 6 bosh qo'ylarini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanda yashovchilar, K.Sherzod va N.Sherdil va M.Salimlar sodir etganligi aniqlangan. 9 yanvar kuni K.Sherzod va N.Sherdil va M.Salimlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech