21 Dekabr 2021 yil
456
Denovda, qo'shmachi jinoyat ustida qo'lga olindi
Denov tumanida 2021 yil 27 noyabr kuni "Salomat" ismli shaxsning arizasiga asosan, shu kuni soat 17:05 larda, tuman IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning "Vodiy" mahallasida yashovchi, I.Janona (ism shariflar o'zgartirilgan) yashash uyida, 100.000 (yuz ming) so'm pul evaziga, M.Galya va K.Kamillarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 30 noyabr kuni I.Janonaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati