9 Noyabr 2021 yil 476

Denovda qariyb, 13 million so'mlik giyohvadlik moddasi savdosiga chek qo'yildi

Denov tumanida 2021 yil 22 oktabr kuni soat 19:20 larda, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "Shamoli" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, Jarqo'rg'on tumanida yashovchi, K.Samad (ism sharif o'zgartirilgan) o'zining boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasida mijozga 37 dona gugurt qutisida bo'lgan sof vazni 113.03 gramm "Marixuana" giyohvandlik vositasini 12.950.000 (o'n ikki million to'qqiz yuz ellik ming) so'mga sotayotgan vaqtida ushlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 25 oktabr kuni K.Samadga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech