24 Iyun 2020 yil 638

Denovda Parvarishdagi nasha "payxon" qilindi

Denov tumanida 2020 yilning 11 iyun kuni taxminan soat 11.00 lar chamasida, viloyat ichki ishlar boshiarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan, tumanning "Istiqbol" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi M.Sh.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganida, tomorqasidan 3 tup "nasha" o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 22 iyun kuni M.Sh.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech