26 Fevral 2022 yil
418
Denovda, "Opiy" giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs qo'lga olindi
Denov tumanida 2022 yil 15 fevral kuni tumanning "Bobur" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu tumanda yashovchi, R.Rustam (ism sharif o'zgartirilgan) mijozga 3 dona tsellofan paketga o'ralgan sof og'irligi 2,58 gramm bo'lgan "opiy" giyohvandlik moddasini 400.000 (to'rt yuz ming) so'mga sotayotgan vaqtida ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 17 fevral kuni R.Rustamga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati