16 Noyabr 2021 yil 747

Denovda opiy giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs qo'lga olindi

Denov tumanida 2021 yil 29 oktabr kuni, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "Istiqbol" mahallasi hududida o'tkazilgan tezkor-tadbir davomida, tumanning "Yangihayot" mahallasida yashovchi, I.Davron (ism sharif o'zgartirilgan) mijozga 3,48 gr "opiy" giyohvandlik moddasini 600.000 (olti yuz ming) so'mga sotayotgan vaqtida ushlangan. 30 oktabr kuni I.Davronga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech