16 Avgust 2022 yil 364

Denovda ommaviy sayyor qabul 8 soatdan ortiq davom etdi

Denov tumani "Bog‘inav" mahallasi hududidagi Eko bog‘ida soat 9:00 da boshlangan viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshchiligida sektorlar, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar, Xalq qabulxonasi rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli 17:30 ga qadar davom etdi.

Sayyor qabulda 338 nafar fuqaro tomonidan ichimlik suvi, ichki yo‘llar ta’miri, elektr va gaz ta’minoti, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot kabi turli masalalar bilan bog‘liq 407 ta muammo tinglandi. Murojaatlarning 83 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 21 ta yer ajratish bilan bog‘liq murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilib, 303 ta muammo ijrosi muddat talab etgani bois mas’ullarga qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazib, hal etish vazifasi yuklatildi.

Text to speech