Denovda o'g'rilik qilgan shaxs qo'lga olindi
Denov tumanida 2021 yil 19 sentyabr kuni shu tumanda yashovchi, A.Farida tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 18 sentyabr kunidan 19 sentyabr kuniga o'tar kechasi noma'lum shaxslar yashash uyi mehmonxonasida turgan 1 dona "Polarline" rusumli televizori, 1 dona "ASUS" rusumli noutbugi, 2 dona "Delonghi" rusumli elektr pechi va 1.000.000 (bir million) so'm pullarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini Denov tumanida yashovchi, D.Karim sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 20 sentyabr kuni D.Karimga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati