15 Avgust 2022 yil
374
Denovda qidiruvdagi ayol qo‘lga olindi
Denov tumanida 2022 yil may oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Toshkent shahar Chilonzor tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “O‘rtaqishloq” mahallasida yashovchi, J.Shohsanam (ism sharif o‘zgartirilgan) 5 avgust kuni, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati