24 Dekabr 2021 yil
384
Denovda, gumonlangan shaxs yonidan opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi
Denov tumanida 2021 yil 2 dekabr kuni soat 17:30 larda, tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan tumanning "Bobur" mahallasida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning "Lolazor" mahallasida yashovchi, J.Jamshidning (ism sharif o'zgartirilgan) yoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, uning yonidan tselofan paketga o'ralgan, sof vazni 0,62 gramm "opiy" giyohvadlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 13 dekabr kuni J.Jamshidga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati