6 Sentyabr 2021 yil 639

Denovda giyohvandlik moddasini o'ttiz millionga sotayotgan shaxs qo'lga olindi

Denov tumanida 2021 yil 26 avgust kuni, tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi, DXX viloyat boshqarmasi va viloyat bojxona xodimlari tomonidan tumanning "Namozgoh" mahallasi hududida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning "O'rikzor" mahallasida yashovchi, I.Farhod mijozga 11 dona tselofan paketlarga joylangan 90,11 gr "opiy" giyohvandlik moddasini 30.000.000 (o'ttiz million) so'mga sotayotgan vaqtida ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 28 avgust kuni I.Farhodga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech