22 Dekabr 2021 yil
448
Denovda, giyohfurush qo'lga olindi
Denov tumanida 2021 yil 28 noyabr kuni soat 15:30 larda, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "Istiqbol" mahallasida o'tkazilgan tadbirda, shu tumanda yashovchi, A.Ikrom (ism sharif o'zgartirilgan) mijozga sof og'irligi 1,88 gramm bo'lgan "gashish" giyohvandlik vositasini 600.000 (olti yuz ming) so'mga sotgan vaqtida ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 1 dekabr kuni A.Ikromga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati