14 Aprel 2022 yil 446

Denovda giyohfurush tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Denov tumanida, 2022 yil 2 aprel kuni viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning “Nomozgoh” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning “Dashtichinor” mahallasida yashovchi, J.Kamol (ism shariflar o‘zgartirilgan) mijozga sof vazni 92,09 gramm “Opiy” giyohvandlik vositasini 7.200.000 (yetti million ikki yuz ming) so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 3 aprel kuni J.Kamolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech