30 Iyul 2023 yil 458

Denovda fuqaroning plastik kartasidan pul o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi

Denov tumani “Yangi kuch” mahallasida yashovchi, M.Salima (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 15 iyun kuni Kobalt rusumli avtomashinada o‘ziga tegishli bo‘lgan “Redmi 5” rusumli telefon apparati qolib ketishi natijasida ushbu telefon apparatining klik ilovasidan noma’lum shaxs 13.400.000 (o‘n uch million to‘rt yuz ming) so‘m pul mablag‘ini yechib olganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini shu tumanda yashovchi, B.Sattor sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 19 iyul kuni S.Sattorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Unutmang! Har bir sodir etilgan qilmish yoki jinoyat o‘zidan keyin iz qoldiradi. Bu esa jinoyatga jazo muqarrarligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech