Denovda firibgarlik qilgan ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Denov tumanida 2021 yil 21 iyul kuni Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, tumanning "Qovunlisoy" mahallasida yashovchi, N.Nigora 2020 yil avgust oyida, tumanning "Tasmasoy" mahallasida yashovchi, B.Malikaga bankdan kredit olib berishini va'da qilib, 7.500.000 (etti million besh yuz ming) so'm pullarini, 2020 yil noyabr oyida, tumanning "S.Olloyor" mahallasida yashovchi, A.Rushanaga 10 kun muddatda 20.000.000 (yigirma million) so'mlik tillo taqinchoqlarini qaytarib berish sharti bilan olib ketadi.
Bundan tashqari N.Nigora jinoiy qilmishini davom ettirib, 2020 yil noyabr oyida, tumanning "Tasmasoy" mahallasida yashovchi, B.Matlubaga 1000 (ming) AQSh dollar pullarini bir xafta muddatda qaytarib berish sharti bilan olib, ushbu pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. 21 iyul kuni N.Nigoraga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati