23 May 2022 yil 449

Denovda firibgar to‘rt kishini “yer sotaman”-deb, ikki yuz yigirma million so‘m pullarini o‘zlashtirib ketdi

Denov tumanida 2022 yil 16 aprel kuni Sariosiyo tumanida yashovchi, A.Salim (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBning “102” xizmatiga murojaat qilib, unda, Denov tumanida yashovchi, B.Sobir 2020 yil fevral oyida, shu tumanda yashovchi T.Karim va M.Omonlarga tumanning “Namozgoh” mahallasi hududidagi yangi qurilgan dehqon bozori atrofidagi 20 sotix yerni ko‘rsatib, ushbu yerni sotishini aytib, ular bilan 220.000.000 (ikki yuz yigirma million) so‘mga kelishib, shundan A.Salimdan 75.000.000 (yetmish besh million) so‘m, T.Karimdan 70.000.000 (yetmish million) so‘m va M.Omondan 75.000.000 (yetmish besh million) so‘m jami 220.000.000 (ikki yuz yigirma million) so‘m pullarni olib, ushbu yerni shu kunga qadar hujjatlashtirib bermasdan pullarni o‘zlashtirib ketganligini ma’lum qilgan. 10 may kuni B.Sobirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech