29 Sentyabr 2021 yil
500
Denovda firibgar aldov yo'li bilan yer maydonini pullab yubordi
Denov tumanida 2021 yil 10 sentyabr kuni, tumanning "Buyuk kelajak" mahallasida yashovchi I.Soliya, tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil yanvar oyida, tumanning "Jomi" mahallasida yashovchi, O.Umid, tumanning "Bog'ishamol" mahallasida joylashgan 0,05 ga yer maydonini "o'zimning nomimda"-deb aldab, firibgarlik yo'li bilan moddiy boylik orttirish maqsadida 4.400 (to'rt ming to'rt yuz) AQSh dollariga sotib, hozirgi kunga qadar yerni nomiga rasmiylashtirib bermasdan aldab kelayotganligini ma'lum qilgan. 20 sentyabr kuni O.Umidga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati