3 Iyun 2022 yil 385

Denovda, devor atrofida nasha o‘simligi parvarishlanayotganligi aniqlandi

“Qora dori 2022” keng qamrovli profilaktik tezkor tadbirining 1-bosqichi davomida, 2022 yilning 19 may kuni, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Denov tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan Denov tumanida yashovchi J.Xolidaning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari tezkor tadbir davomida ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish davomida, yashash uyi xovlisining devori atrofidagi yerga ekilgan 8 tup “nasha” giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, holislar ishtirokida protsessual tartibda hujjatlashtirib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Text to speech