12 Fevral 2022 yil 802

Denovda chet el valyutasini so'mga almashtirib bergan shaxs javobgarlikka tortildi.

Denov tumanida 2022 yil 24 yanvar kuni tumanning "Ostona" mahallasida yashovchi, K.Davron (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 22 yanvar kuni, tumanning "Bahoriston" mahallasi hududida joylashgan "eski dehqon bozor" hududida, 3.500 (uch ming besh yuz) Rossiya rubl pullarini so'mga aylantirish maqsadida borganida, shu tumanda istiqomat qiluvchi T.Dilshod ushbu pullarni jami 4.900.000 (to'rt million to'qqiz yuz ming) so'mga almashtirib berishga kelishib, shundan 4.150.000 (to'rt million bir yuz ellik ming) so'm berib, qolgan 750.000 (yetti yuz ellik ming) so'm pullarni firibgarlik yo'li bilan olib qolganligini ma'lum qilgan. 3 fevral kuni T.Dilshodga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech