11 Dekabr 2021 yil 1309

Denovda, "Biz zo'ravonlikka qarshimiz!" mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Denov tumani Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi, tuman IIB hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mas'ullari hamkorligida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda huquqiy savodxon bo'lmagan kishi har erda qoqilishi, o'z haqqini talab qila olmay, sarson bo'layotgani haqida tuman Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Sh.Ibragimova o'z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shu bois huquqiy savodxonlikni oshirishga e'tibor qaratilayotganiga tuxtalib o'tdi.
Xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ'ibot tadbirida jamiyatda faol harakat qilayotgan xotin-qizlarning turmush tarzi, erishgan yutuqlari misol qilib ko'rsatildi.

Text to speech