7 Yanvar 2023 yil
403
Denovda bezorilik qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Denov tumanida 2023 yil 5 yanvar kuni soat 22.00 larda, shu tumanda yashovchilar, D.Doniyor (ism shariflar o‘zgartirilgan) va S.Sarvarlar jamoat joyi hisoblangan ko‘p qavatli uylar yonida, Boysun tumanida yashovchilar, Sh.Sherzod, D.Doston, Denov tumanida yashovchi, X.Halimlar bilan janjallashib qolib, janjal vaqtida bir-birlarini duch kelgan joylariga urishib, L.Latifga tan jarohati yetkazgan. 6 yanvar kuni D.Doniyor, S.Sarvar, Sh.Sherzod, D.Doston, X.Halimlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati