4 Yanvar 2022 yil 432

Denovda, bezorilarga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Denov tumanida 2021 yil 2 dekabr kuni soat 08:00 larda, tumanning "Lolazor" mahallasi hududida joylashgan buyum bozorida, tumanning "Bahoriston" mahallasida yashovchi, T.Sobir (ism shariflar o'zgartirilgan) Sariosiyo tumani "Xonjiza" mahallasida yashovchi, Ch.Do'stqobil va Ch.Do'stmurodlar bilan o'zaro janjallashib qolib, bir-birlarini qo'li bilan urishib, tan jarohati yetkazishgan. 16 dekabr kuni T.Sobirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan Ch.Do'stqobil va Ch.Do'stmurodlarga O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech