14 May 2022 yil
418
Denovda, avtoulov yo‘lovchisi yonidan giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi
Denov tumanida 2022 yil 30 aprel kuni soat 21:00 larda, tuman IIB hamda DXX xodimlari tomonidan tumanning “Totuvlik” mahallasi hududida hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, shu mahalla hududida harakatlanib ketayotgan “Kobalt” rusumli avtoulov to‘xtatilib tekshirilganida, avtoulov yo‘lovchisi shu tumanda yashovchi, V.Voris (ism shariflar o‘zgartirilgan) xolislar ishtirokida tekshirilganida, uning yonidan 5 dona gugurt qutisiga qadoqlangan, sof vazni 29.47 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan. 4 may kuni V.Vorisga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati