19 Noyabr 2021 yil
826
Denovda 39 dona gugurt qutilariga joylangan giyohvand moddalari sotilishining oldi olindi
Denov tumanida 2021 yil 30 oktabr kuni, tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi profilaktika inspektori xodimlari tomonidan tumanning "Ko'kabuloq" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, J.Solijonning (ism sharf o'zgartirlgan) yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganda, omborxonasida, 39 dona gugurt qutilariga joylangan 132,65 gr "marixuana" giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan. 2 noyabr kuni J.Solijonga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati