Denov tumanidagi ta’lim muassasalarida “Xavfsiz kibermakon” oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 28-avgustdagi 317-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida “Xavfsiz kibermakon” oyligi o‘tkazilmoqda.
Ushbu tashabbus doirasida Denov tumani “Surxondiyor” mahallasida
joylashgan 87-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan ham targ‘ibot
tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Denov tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar
profilaktikasi bo‘limi Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog,
katta leytenant Mirjalol Qodirov tomonidan o‘quvchilarga internetdan foydalanish
madaniyati, ijtimoiy tarmoqlardagi xavf-xatarlar va ularning oldini olish choralari
haqida tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirish, ularni turli salbiy ta’sirlardan asrash, ongli va mas’uliyatli foydalanuvchi sifatida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.