6 Fevral 2023 yil 583

Denov tumanida jinoiy guruh qo‘lga olindi

Denov tumanida 2023 yil 26 yanvar kuni Toshkent shahrida yashovchi, Yu.Bobur (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 25 yanvar kunidan 26 yanvar kuniga o‘tar kechasi tumanning “Qizilgul” mahallasida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyati hududida saqlanayotgan 3 bosh qo‘ylarini noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Denov tumanida yashovchilar, 2003 y.t. K.Salim, 2004 y.t. K.Davron, 2002 y.t. S.Sobir hamda 2005 y.t. B.Valisherlar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 5 fevral kuni K.Salim, K.Davron, S.Sobir hamda B.Valisherlarga  nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech