22 Iyun 2024 yil 413

Denov tumanida O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan 3 nafar shaxsga fuqarolik pasporti topshirildi

So‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonuniga hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev farmoni bilan fuqaroligi bo‘lmagan ko‘plab yurtdoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilib kelinmoqda. Bu bilan ularga Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda belgilangan huquqlaridan to‘la foydalanish imkonini berish bilan birga, odamlarda adolatga, davlatga bo‘lgan ishonch tuyg‘usi mustahkamlanmoqda.

Denov tumanida ham O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 3 nafar shaxslarga Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud boshlig‘i podpolkovnik M.Xo‘jaev hamda Denov tuman IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari mayor J.Alievlar tomonidan fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirilib, ularning kelgusi hayotlariga omadlar tiladi. “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarosi”- degan yuksak nishonni olgan bu insonlarning yuzlaridan kulgi, ko‘zlaridan quvonch yoshlar qalqdi va Prezidentimizga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Text to speech