13 Noyabr 2021 yil
432
Denov tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish aktsiyasi davom etmoqda
Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Denov tumani IIBda ham daraxt ko'chatlarini ekish aktsiyasi amalga oshirilmoqda
Tizimda amalga oshirilayotgan "Yashil makon" loyhasi asosida Denov tumani IIB ma'muriy binosi xududi hamda xodimlarning yashash xonadonlari, xizmat uylariga mevali va manzarali kuchatlar ekildi. Shu bilan birga ushbu loyiha asosida xizmatlar bilan kunlik ko'chat ekish ishlari rejalashtirib olindi.
Tuman ichki ishlar bo'limi xodimlari "Daraxt ekish bo'yicha dolzarb 40 kunlik" aktsiyasida faol ishtirok etib, hududlarni yashil makonga aylantirishda tashabbus ko'rsatmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati