Denov tumanida, yana bir noqonuniy hujra faoliyatiga chek qo'yildi
2022 yilning 2 yanvar kuni, Surxondaryo viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Denov tumani IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo'limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Denov shahar bo'limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor- tadbirlar davomida, Denov shahrida yashovchi, E.Sulton (ism sharif o'zgartirilgan) yashash xonadonida 2021 yilning yanvar oyidan boshlab "hujra" sharoitida, diniy adabiyotlardan foydalangan holda viloyatning turli tumanlarida istiqomat qiluvchi maktab yoshidagi voyaga yetmagan bolalarga yashash xonadonida noqonuniy diniy ta'lim berib, kelayotganligi aniqlanib, ushbu adabiyotlar xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan E.Sultonga nisbatan to'plangan xujjatlar O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 241-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 2022 yil 10 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Denov tuman sudi tomonidan E.Sultonning oilaviy sharoitini hisobga olib, eng kam oylik ish haqqining 10 (o'n) barobari ya'ni 2.700.000 (ikki million yetti yuz ming) so'm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati