Denov tumanida, "Xotin-qizlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarini oldini olish"ga qaratilgan seminar trening tashkil etildi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2021 yil 12 oyi mobaynida Denov tumanida ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlili va kelgusida ushbu turdagi jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan, "Xotin-qizlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarini oldini olish" hamda "Gender zo'ravonlikka javoban xizmat ko'rsatishning standart operasion ish tartiblari" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Ushbu seminarda, Surxondaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektorlari mayor M.Qurbonova, mayor T.Xo'shboqova, Denov tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi profilaktika inspektorlari va Xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektori kapitan G.Elmurodova, Sariosiyo tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori leytenant N.Majitova, Denov tumani Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Sh.Ibragimova, Ayollarni reabilitasiya va moslashtirish Surxondaryo viloyati tumanlararo namunali markazi rahbari S.Saidmuratova, markaz psixologi D.Akilova, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti psixolog va o'qituvchilari, NNT "Taskin" markazi, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.
2021 yilning 1-3 dekabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasining tegishli ko'rsatmasi ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiyasi, BMTning YUNIPFA tashkiloti bilan hamkorligida "Idoralararo standart operasion ish tartiblari" bo'yicha seminar-trening bo'lib o'tgan edi.
Unda sog'liqni saqlash, ichki ishlar, reabilitasiya va ijtimoiy xizmat ko'rsatish yo'nalishlari "Gender zo'ravonlikka javoban xizmat ko'rsatishning standart operasion ish tartiblari" keng yoritib berildi. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining 1259 qisqa raqamli "ishonch markazi"ga sodir etilgan yoki siz guvohi bo'lgan zo'ravonlik holatlari bo'yicha murojaat qilishlari mumkinligi tushuntirildi.
2021 yil 12 oyi davomida viloyatimizda 444 ta xotin-qizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilgan bo'lib, shundan 65 tasi Denov tumanida xotin-qizlar tomonidan sodir qilingan. Ushbu jinoyatlarning olidini olish maqsadida, 2022 yilga mo'ljallangan viloyat ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar boshqarmasi tomonidan qo'shma dastur ishlab chiqildi.
Viloyatimizda 2021 yil 12 oyi davomida tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga 2517 ta himoya orderlari berildi.
Ushbu tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad xotin-qizlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish, ayollarning huquqqiy ongi va svodxonlgini oshirish, tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Seminarda gender tenglikni ta'minlashga doir video rolik qo'yib berildi va bukletlar tarqatildi.
Seminarda hamkor tashkilotlarning jinoyatchilikni oldini olish borasidagi takliflari qabul qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati