11 May 2022 yil
421
Denov tumanida o‘z xonadonida ko‘knor o‘simligini parvarishlayotgan shaxs aniqlandi
2022 yil 07 may kuni soat taxminan 13:40larda, Denov tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Denov tumani hududida o‘tkazilayotgan “Qora dori-2022” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida, Denov tumanida yashovchi, F.Farzonaning (ism shariflar o‘zgartirilgan) yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganda, yashash uyi tomorqasiga ekilgan anor va uzim ko‘chatlarining orasiga ekib, parvarishlab kelayotgan 60 (oltmish) tup ko‘knor giyohvandlik o‘simligi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda xujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Mazkur holat yuzasidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati