8 Fevral 2023 yil
380
Denov tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda shaxs yonidan “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi
Denov tumanida 2023 yil 20 yanvar kuni soat 18-00 larda, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi va tumani IIB xodimlari hamkorligida Denov tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, shu tumanda yashovchi, S.Kamron ish joyida yonlari ko‘zdan kechirilganda uning yonidan sof vazni 13.49 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda holislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. 21 yanvar kuni S.Kamronga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati