Denov tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohfurush qo‘lga olindi
Denov tumanida 2023 yil 19 yanvar kuni soat 16-20 da, tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning “Guliston” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tadbirga jalb qilingan mijozga, shu tumanda yashovchi, E.Jamshid (ism shariflar o‘zgartirilgan) yonidagi 5 dona qog‘ozga qadoqlangan sof vazni 2.35 gramm “Marixuana” va boshqaruvidagi Jentra rusumli avtoulovida bo‘lgan sof vazni 1.48 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini jami 300.000 (uch yuz ming) so‘mga sotib o‘tkazayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olinib tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 20 yanvar kuni E.Jamshidga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati