Denov tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avtoulov salonida giyohvand modda borligi aniqlandi
Denov tumanida 2023 yil 10 may kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Termiz shahrida yashovchi, J.Xolbo‘taning (ism shariflar o‘zgartirilgan) arizasiga asosan 2 may kuni viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning “Ibn Sino” mahallasi hududida joylashgan to‘yxona yonida, hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, shu tumanda yashovchi, O.Botir boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli, avtoulovi xolislar ishtirokida tekshirilganda avtoulovdan sof vazni 13.40 gr “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan, 10 may kuni O. Botirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati